Rafael Benites: "10 kishi bo'lib ham "Fiorentina"dan yaxshi o'ynadik"

Tolibjon Qosimov
24 mar 2014, 12:32
"Napoli" ustozi Rafael Benites "Fiorentina"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"Shogirdlarimning o'yinidan xursandman. Ko'plab vaziyatlar yaratdik, 10 kishi bo'lib ham raqibdan yaxshi o'ynadik.

Hakamlik haqida gapirmoqchi emasman, endi hech nima o'zgarmaydi.

"Fiorentina" darvozaboni ajoyib o'ynadi.

"Roma"ga yetib olishimizga ishonaman. Farq 6 ochko etdi, bu tashvishli holat", – deydi Benites.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru