Raboning "Chelsi"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida, Morata va Dibala esa aniq o'ynamaydi

Alisher
28 sen 2021, 17:38
"Yuventus" CHL guruh bosqich 2-tur doirasidagi "Chelsi"ga qarshi o'yin oldidan yana bir o'yinchisini yo'qotishi mumkin.

Yarim himoyachi Adrien Raboning "aristokratlar"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida.

Markazda o'ynaydigan futbolchi "keksa sinora"ning kecha o'tgan umumiy guruhdagi mashg'ulotlarida ko'rinmadi. Francuz individual tarzda shug'ullandi.

Eslatib o'tamiz, Turin klubiga jarohat sabab hujumchilar Paulo Dibala va Alvaro Morata yordam bera olmaydi.



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia