Rabo faqatgina bir shart bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin

Mirjalol Normatov
16 avg 2018, 23:14
PSJ yarim himoyachisi Adrien Rabo jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor turibdi.

Biroq, futbolchi Parij klubiga shart qo'ygan. "Paris United" xabariga ko'ra, Rabo maoshi yiliga 9 mln evro bo'lishini istamoqda.

Agarda PSJ bu shartga ko'nadigan bo'lsa, Rabo bilan shartnomani 2021 yilga qadar uzaytiradi. Uning amaldagi kelishuvi 2019 yilda o'z yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Paris United