"Qo'qon-1912"ning PRO-Ligaga tushib ketishiga sabab bo'lgan futbolchi Qo'qonda o'ynaydi

Omonjon To`xtamirzayev
20 dek 2023, 16:37
"Qo'qon-1912" jamoasi navbatdagi transferni amalga oshirdi.

Klub uzoq masofalardan gol urishni xush ko'ruvchi Islom Sharipov bilan shartnoma imzoladi. Tomonlar bir yillik hujjatlarni imzolashgan.

Eslatib o'tamiz, 2022 yilgi mavsum oxirgi turida "Dinamo" safida aynan Islom Sharipovning goli samarqandliklarga g'alaba keltirib, "Qo'qon-1912"ni PRO-Ligaga tushib ketishiga sabab bo'lgandi.  


"Jamoamizga xush kelibsiz, Islom Sharipov!", - deyiladi klub xabarida.

Islom Sharipov
Tug'ilgan sanasi:
05.02.1995
Ampulasi: Markaziy yarim himoyachi

Islom Sharipov o'tgan mavsumni PRO-Liganing "Yunired" jamoasida o'tkazdi. U 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Қўқон-1912 матбуот хизмати