"Qo'qon-1912" ertaga "Turon" bilan o'ynaydi

Mirjalol Normatov
27 iyul 2022, 23:12
"Qo'qon-1912" jamoasi Coca Cola superligasining ikkinchi davrasiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini boshladi.

"Qo'qon-1912" Jamoa a'zolari bugun Qo'qon shahrida to'planishdi hamda Qo'qondagi "markaziy" stadionida o'z  mashg'ulotlarini o'tkazishdi.

Darvon Fayizev shogirdlari Superliganing ikkinchi davrasini Farg'onaning "Neftchi" jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi. "Qo'qon-1912" hamda "Neftchi" o'rtasidiga "derbi", 2 avgust kuni Yaypandagi "O'zbekiston" stadionida bo'lib o'tadi.

Mazkur uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish rejasiga ko'ra "Qo'qon-1912" ertaga nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. 28 iyun Yaypandagi "O'zbekiston" stadionida mezbonlar "Turon" jamoasi bilan "Qo'qon-1912" jamoasi o'rtasida o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати