Qishda "Paxtakor"ni 7 futbolchi erkin agent sifatida tark etishi mumkin

Narzulla Saydullayev
31 okt 2024, 11:54
O'zbekiston Superligasida mavsum yakunlanib bormoqda.

Kecha "Nasaf" va "Navbahor" klublarida qaysi futbolchilarning shartnomasi yakuniga etayotgani haqida yozgandik.

"Paxtakor"da asosiy tarkibning bir yo'la 7 nafar futbolchisining shartnomasi yakuniga etadi va ular erkin agent sifatida klubni tark etish huqiqga ega bo'lishadi. Bundan tashqari shartnoma muddati tugashiga 6 oydan kam qolgan futbolchi boshqa klub bilan muzokara o'tkazishga haqli. Faqat muzokara o'tkazishdan avval amaldagi klubiga bu haqda ma'lum qilishi talab etiladi.

Qishda erkin agentga aylanadigan "Paxtakor" futbolchilari ro'yxati:


Pavel Pavlyuchenko
Muhammadqodir Hamraliev
Hojiakbar Alijonov
Dragan Cheran
Dostonbek Hamdamov
Sardor Sobirxo'jaev
Doniyor Abdumannopov


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia