"Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi": "Sho'rtan" musobaqani g'alaba bilan boshladi

Aslanov Jasurbek
3 fev 2021, 17:56
Bugun G'uzor shahrining “Sho'rtan” futbol Akademiyasi sun'iy qoplamali futbol maydonida “Sho'rtan” va “Mehnatchi” jamoalari viloyat hokimi kubogi musobaqasida qatnashishdi.

Unda “Oq bo'rilar” 3:1  hisobida g'alaba qozonishdi.

“Sho'rtan” - “Mehnatchi” - 3:1. 

Gollar: Bekzod Suvonov (27, 47), Ahmad Qobiljonov (80) - Oybek Polvonov (83).  

“Sho'rtan”: 16. Akmal Rahimov, 5. Shahzod Abduvoitov, 34. Shahboz Jo'raev, 6. Akrom Bahromov, 19. Sherbek Eshmurodov, 77. Salohiddin Sanaqulov, 27.  Islom Shodmonov, 29. Jahongir Qurbonov, 17. Jonibek G'offorov, 7. Javohir Hasanov, 24. Bekzod Suvonov.    

Zaxira: 45. Amir Lutfullaev, 55. Asilbek Berdialiev, 2. Nurali Padarov, 8. Ahmad Qobiljonov, 22. Oybek Sultonov, 24. Sardor To'raev 

“Mehnatchi”: 12. G'anisher Xolmurodov, 5. Sarvar To'xtaev, 6. Oybek Polvonov, 7. Umid Karimov, 8. Shohjaxon Marufov, 10. Lazizbek Temirov, 18. Aziz Usmonov, 15. Iskandar Shodmonov, 20. Sanjar Elmamatov, 22.  Farhod Jumaev, 77. Aziz Jo'raev.

Zaxira: 13. Jahongir Shodiev, 25. Akbarali Zokirov, 9. Xolmurod To'raev,  16. Sardor Isomov, 18. Asilbek Qurbonov. 

Musobaqaning navbatdagi ikkinchi turida Asror Aliqulov shogirdlari “AZD” (Qarshi) jamoasi bilan o'zaro kuch sinashishadi. Mazkur uchrashuv 4 fevral kuni G'uzor shahridagi “Sho'rtan” futbol Akademiyasining sun'iy qoplamali maydonida bo'lib o'tadi. O'yin soat 11:00 da boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Шўртан" клуби матбуот хизмати