Qarshidagi futbol akademiyasida "Orzuning shonli yo'li" kitobi taqdimoti o'tkazildi

Iskandarov Abdulaziz
6 apr 2022, 14:20
Futbol akademiyada kitob taqdimoti.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo'limi, viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi bilan hamkorlikda mazkur akademiya tarbiyalanuvchilari ishtirokida taniqli futbol yulduzi Odil Ahmedovning "Orzuning shonli yo'li" kitobi taqdimotini  o'tkazildi. Kitob taqdimotida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo'limi rahbari G'.Abdiev, sport sharhlovchisi, faxriy jurnalist H. Temirov, shoir Turdi Haydar, viloyat bolalar- o'smirlar futbol akademiyasi direktori N.Sultonov, faxriy futbolchilar Erkin Qiyomov, Z. To'raqulov xamda futbol akademiyasining manaviy-marifiy ishlari buyicha direktor urinbosari SH.Ruzievlar ishtirok etishdi.  Tadbir qatnashchilari taniqli futbolchi Odil Ahmedov qalamiga mansub kitobning mazmun-mohiyati, hozirda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi vice-prezidenti lavozimida faoliyat yuritayotgan kitob muallifining hayot yo'li, futbol sohasidagi  tajribalari haqida batafsil so'zlab berdilar.

Takidlash joiz, Qashqadaryo viloyat bolalar- o'smirlar futbol akademiyasi 2018 yilda tashkil etilgan bo'lib, ayni paytda akademiyada 154 nafar, 11 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan  iqtidorli yoshlar sportning futbol turi bo'yicha talim - tarbiya olishadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif