Kenja To'raev va Zafar Polvonov Qashqadaryo viloyati futbol akademiyasida mehmon bo'ldi
Sherzod Nurmatov
21 noya 2025, 16:49
Yaqin o'tmishning mohir hujumchilari - "Nasaf" sobiq hujumchisi Kenja To'raev va OKMK sobiq hujumchisi Zafar Polvonov Qashqadaryo viloyati futbol akademiyasida bo'lib, tarbiyalanuvchilarga mahorat darsi o'tdi.
Zafar Polvonov va Kenja To'raev yosh futbolchlarga futboldagi faoliyati haqida so'zlab berdi. Shuningdek, tashrif davomida valoyat futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilariga bu nomdor futbolchilar aks etgan videorolik ham namoyish etildi.