Pulishich APL va Bundesligani taqqosladi

Alisher
11 okt 2020, 16:58
"Chelsi" yarim himoyachisi Kristian Pulishich APL va Germaniya Bundesligasini taqqosladi.

"O'xshashliklar va farqlar bor deb o'ylayman. Ikkala ligada ham kuchli jamoalar bor, men bunga katta ahamiyat bermagan bo'lardim.

Eng katta farq taqvimda. Angliyada juda tig'iz taqvim, ayniqsa qishda haftada bir necha o'yinlar bo'ladi. Kuch jihatdan esa bu ligalarni taqqoslay olmayman, ikkisi ham juda kuchli.

Hozir Angliya Premer-ligasida o'ynayotganimdan baxtliman", - deydi Pulishich.

Pulishich bundan oldin Dortmundning "Borussiya" jamoasida to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: cbssports