PSJ ustozi: “O'tgan mavsum ularni ko'p tanqid qilishgandi. Ammo hozir barchasi joyida”

Eldor Akmurzayev
1 avg 2022, 10:00
Fransiya Superkubogidagi g'oliblikdan keyin PSJ ustozi Kristof Galte Lionel Messi va Neymar haqida fikr bildirdi.

“Jiddiy uchrashuvda maydonga chiqdik. Buni kutgandik, futbolchilar katta ishtiyoq, qatiyat bilan yondashishdi. O'yinchilar qanchalik ko'p mehnat qilganini ko'rdim. Bu esa men uchun juda ham muhim. Yorqin g'alaba, kubokni Parijga qaytarganimiz yaxshi bo'ldi.

Neymar va Messiga kelsak, o'tgan mavsum ularni qattiq tanqid qilishgandi. Ularni ko'p kuzataman va ular bilan gaplashib turaman. Jamoaviy muhit bo'lishi kerak. 4-5 haftalik ishdan keyin ayni payt hammasi joyida. Ularga o'zini ko'rsatish uchun imkon berish kerak. Shubhasiz, ular katta iqtidorga ega.

Hali tuzatish kerak bo'lgan narsalar bor, ammo umumiy olganda, tayyorgarlik jarayonidan, ushbu g'alabadan va ruhiy holatimizdan ko'nglim to'ldi. Jahon darajasidagi futbolchilar klubga kelganimdanoq mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishmadi”, deydi Galte.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Prime Video Sport France