PSJ "Real"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasini e'lon qildi, unda Neymar ham bor

Alisher
15 fev 2022, 16:22
PSJ "Real"ga qarshi Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqich ilk o'yini uchun qaydnomani e'lon qildi.

Parij klubi qaydnomasidan 2021 yilning noyabr oyidan beri o'ynamagan hujumchi Neymar joy oldi.

Himoyachi Serxio Ramos esa qaydnomada yo'q, u jarohatdan tiklanishga ulgurmadi.

PSJ qaydnomasi: Navas, Xakimi, Kimpembe, Markinos, Verratti, Mbappe, Paredes, Ikardi, Neymar, Di Mariya, Danilu, Dagba, Veynaldum, Kurzava, Errera, Diallo, Draksler, Kerer, Nunu Mendesh, Guye, Messi, Simons, Donnarrumma, Letele.

PSJ va "Real" o'rtasidagi ilk o'yin bugun Parijda bo'lib o'tadi. Javob bahsi esa 9 mart kuni Madridda o'tishi belgilangan.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: facebook.com/PSG