PSJ prezidenti: "Ideal bahs bo'ldi"

Sherzod Nurmatov
16 fev 2022, 16:24
PSJ prezidenti Nosir G'anim Al Helayfi Chempionlar Ligasi 1/8 finali birinchi o'yinida "Real" ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.

"Biz ajoyib o'yin o'tkazdik, o'yinchilar birdam jamoa ekanliklarini ko'rsatishdi. O'yinni birinchi daqiqadan so'nggi daqiqagacha, to golgacha nazorat qildik. Ideal bahs bo'ldi.

Ko'rsatilgan o'yindan juda faxrlanamiz, lekin bu faqat birinchi taym. Ishonamanki, futbolchilar va murabbiy sovuqqonlikni saqlab qolishadi. Javob o'yiniga tayyormiz", – dedi Al Helayfi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Get French Football News