PSJ moliyaviy feyr-pleyni buzmaslik uchun 80 mln evroga o'yinchi sotishi kerak

Tolibjon Qosimov
8 noya 2017, 20:04
PSJda 2017-2018 yilgi mavsum uchun moliyaviy feyr-pley bilan bog'liq muammo yuzaga kelishi mumkin.

Keyingi mavsum oldidan UEFA parijliklarning ortda qolgan yozdagi transfer kompaniyasi yakunlarini tekshiruvdan o'tkazadi.

Klub mavsumoldidan Dani Alves (tekin), Neymar (222 million evro) va Kilian Mbappe (180 mln evroga sotib olish sharti bilan ijara)lar bilan shartnoma tuzgan.

5 oktyabr kuni PSJ vakillari Nonda UEFA rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazishgan va unda Neymar va Mbappe transferiga oid barcha ma'lumotlarni taqdim etishgan.

Moliyaviy feyr-pley normalariga amal qilish uchun PSJ qishki transfer oynasida kamida 80 million evroga o'yinchi sotishi kerak.

Francuzlar Anxel Di Mariya va Lukas Moura bilan xayrlashishga tayyor. Lekin, PSJdagi muammoni bilgan boshqa jamoalar o'yinchilarning narxini tushirishga harakat qilishlari mumkin.

Klubga bu mavsumda hech qanday jazo qo'llanilmaydi. UEFA PSJni 2018-2019 yilgi Chempionlar ligasidan chetlatishi mumkin.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: RMC