PSJ Messi bilan shartnoma imzolash uchun Mbappeni sotishi mumkin

Alisher
15 fev 2021, 13:10
PSJning fransiyalik forvardi Kilian Mbappe yozda Parij klubidan ketishi mumkin.

PSJ rahbariyati 22 yoshli futbolchi bilan "Barselona" hujumchisi Lionel Messi bilan shartnoma imzolash sabab xayrlashishga tayyor.

33 yoshli argentinalikning yillik maoshi 40 million evrodan ortiqni tashkil etadi. Shuningdek, Neymar Messi bilan yaxshi aloqada va uni shartnomasi yakunlangach PSJga o'tishga ko'ndirishi mumkin.

Messi joriy mavsum barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: lequipe.fr