PSJ Chuameniga yiliga 12 mln evro maosh taklif qilgan. U "Real"da 6-7 mln evro oladi

Alisher
16 iyun 2022, 14:14
PSJ Orelen Chuameniga "Real"dan ko'ra deyarli ikki baravar ko'p maosh to'lashga tayyor edi.

Parijliklar soliqlardan so'ng 22 yoshli tayanch yarim himoyachisiga yiliga 12 million evro taklif qilishgan.

Chuamenining "Real"dagi aniq maoshi ma'lum emas, ammo Marca'ning yozishicha, Orelen Madrid klubida yiliga 6-7 mln evro oladi.

Francuz bir necha kun oldin "Monako"dan "Real"ga o'tdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca