PSJ “Barselona”ga 4 ta gol urgan oltinchi klub bo'ldi

Aslanov Jasurbek
15 fev 2017, 02:48
YCHL 1/8 finalida PSJ o'z maydonida “Barselona”ga javobsiz to'rtta gol urishning uddasidan chiqdi.

Parij jamoasi YCHL bahslarida “Barsa” darvozasiga to'rtta gol urgan oltinchi klub sifatida qayd etildi. Bungacha “Milan”, “Dinamo” (K), “Valensiya”, “Chelsi”, “Bavariya” kataloniyaliklar darvozasini bir o'yinda to'rt bor aniq nishonga olgandi.

“Barselona” Chempionlar ligasi tarixida 223 ta uchrashuv o'tkazib, 6 ta bahsda to'rtta gol o'tkazib yuborgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports