Portugaliyaning Konfederatsiyalar kubogi uchun kengaytirilgan ro'yxati e'lon qilindi

Narzulla Saydullayev
25 may 2017, 18:27
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Rossiyada o'tadigan Konfederatsiyalar kubogi uchun kengaytirilgan ro'yxatni e'lon qildi.

24 nafar futbolchi orasida Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham o'rin oldi.

Darvozabonlar: Betu, Ruy Patrisiu (ikkisi – Sporting), Joze Sa (Portu);

Himoyachilar: Brunu Alvesh (Kalyari, Italiya), Sedrik Soaresh (Sautgempton, Angliya), Elizeu, Nelson Semedu (ikkisi – Benfika), Joze Fonte (Vest Xem, Angliya), Luish Netu (Zenit, Rossiya), Pepe (Real, Ispaniya), Rafael Gerreyru (Borussiya D, Germaniya);

Yarim himoyachilar: Adrien Silva (Sporting), Andre Gomesh (Barselona, Ispaniya), Danilu Pereyra (Portu), Joau Mariu (Inter, Italiya), Joau Moutinyu (Monako), Picci (Benfika), Vilyam Karvalyu (Sporting);

Hujumchilar: Andre Silva (Portu), Bernardu Silva (Monako), Krishtianu Ronaldu (Real, Ispaniya), Jelson Martinsh (Sporting), Nani (Valensiya, Ispaniya), Rikardu Kuarejma (Beshiktosh, Turkiya).

Yakuniy ro'yxatdan 23 futbolchi o'rin oladi.

Konfederatsiyalar kubogi 17 iyundan 2 iyulga qadr Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon va Sochi shaharlarida bo'lib o'tadi.

Portugaliya terma jamoasi "A" guruhida Rossiya, Meksika va Yangi Zelandiya bilan o'ynaydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fpf.pt