Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi "Monako"ga o'tishga yaqin

Alisher
26 iyun 2019, 16:16
"Inter" yarim himoyachisi Joau Mariu tez orada "Monako" futbolchisiga aylanishi mumkin.

Fransiya klubi portugaliyalik yarim himoyachini shu yozdayoq tarkibida ko'rishni xohlamoqda va futbolchi bilan sotib olish sharti bilan ijaraga olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. "Inter" futbolchi uchun 18 million evro atrofida pul ishlab olmoqchi.

Joau Mariuning Milan klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilgacha amal qiladi.

26 yoshli o'yinchi "neradzerrilar" safida 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assistga erishgan.

Oldinroq, "Monako" jamoa yarim himoyachisi Sesk Fabregas bilan xayrlashishi mumkinligi to'g'risida xabarlar chiqqan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato