Pol Pogba qachon maydonga tushadi? Sulsher bunga javob berdi

Alisher
28 okt 2019, 14:10
"Manchester Yunayted"ning fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba dekabr oyi boshigacha maydonga tusha olmaydi.

26 yoshli futbolchi APL doirasidagi 31 avgustda bo'lib o'tgan "Sautgemton" (1:1)ga qarshi o'yinda to'pig'idan jarohat olgan edi.

"Uni dekabrga qadar ko'ramiz deb o'ylamayman. Uning tiklanib olishi uchun bir qancha vaqt kerak", - deydi Ole Gunnar Sulsher.

Eslatib o'tamiz, Pol Pogba 2016 yilda MYU safiga "Yuventus"dan kelib qo'shilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Guardian