Pogba jarohatidan deyarli qutuldi, ammo MYU uchun o'ynashni xohlamayapti

Alisher
25 noya 2019, 17:10
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba yanvarda klubini o'zgartirishi mumkin.

Fransiyalik futbolchi jarohatidan qutulmoqda va u sababli deyarli 2 oy maydonga tusha olmadi. Pogba endilikda "Manchester Yunayted"da o'ynashni xohlamayapti.

Jamoa bosh murabbiyi Pogbani yozda qo'yib yubormagan edi, ammo bunday vaziyatda u futbolchini yaxshiroq mablag' evaziga qo'yib yuborish masalasini ko'rib chiqishga tayyor.

Pogbaga anchadan buyon "Real" qiziqmoqda. Oldinroq, futbolchi Zidanning asosiy maqsadlaridan biri ekanligi xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Cope