Pochettino: "Tottenxem" "Byornli"ga bor-yo'g'i 3ta gol urganidan xafaman"

Aslanov Jasurbek
24 dek 2017, 16:34
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Byornli"ga qarshi bo'lib o'tgan Angliya Premer-ligasining 19-tur uchrashuvi (3:0) haqida fikr bildirdi.

"Garri Keyn xet-trik qayd etdi va g'alabani taminladi. U ajoyib, fantastik futbolchi. U bir yilda gol urish bo'yicha Alan Shiryerdan o'tib ketishi uchun yana bir bora darvozani ishg'ol qilishi kerak.

U bugun 3tadan ko'p gol urishi mumkin edi, chunki vaziyatlar etarlicha bo'ldi. Bor-yo'g'i 3ta gol urganimizdan biroz xafaman. Ammo hechqisi yo'q, Son va Sissoko boshqa uchrashuvlarda gol urishadi" - deydi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC