Plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionatiga qur'a tashlandi

Xayrulla Xoliqov
5 dek 2018, 08:28
Keyingi yil Tailandda plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Mazkur musobaqada 15ta jamoa qatnashadi. OFK mazkur chempionat uchun qur'a tashlash marosimini o'tkazdi. Jamoalar to'rtta guruhga bo'lingan. Uchta guruhda to'rttadan jamoa va oxirgi guruhda uchta jamoa o'rin oldi.

"A" guruhi - Tailand, Afg'oniston, Malayziya, Falastin.
"B" guruhi - BAA, Livan, Xitoy, Qirg'iziston.
"C" guruhi - Yaponiya, Bahrayn, Qatar, Quvayt.
"D" guruhi - Eron, Ummon, Iroq.

Plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionati 9-17 mart kunlari Tailandning Pettaya shahrida bo'lib o'tadi. Musobaqaning amaldagi g'olibi Eron hisoblanadi.


O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com