Platini jahon chempionati ishtirokchilari sonini 40taga etkazishni taklif qilmoqda

28 okt 2013, 11:05
UEFA prezidenti Mishel Platini jahon chempionati final bosqichi ishtirokchilari sonini oshirish to'g'ri ish bo'lardi deb hisoblaydi. Uning fikricha bu musobaqa bo'lgan qiziqishni oshiradi.
"Men janob Blatterning Afrika va Osiyodan jahon chempionatida ishtirok etadigan jamoalarni ko'paytirish haqidagi fikriga to'liq qo'shilaman. Biroq bu ishni Yevropa jamoalari sonini kamaytirish hisobiga emas, jamoalar sonini 40tagacha oshirish yo'li bilan qilish kerak deb bilaman. ikkita Afrikadan, Ikkita Osiyodan, ikkita Janubiy Amerikadan, bitta Okeaniyadan va yana bitta Yevropadan jamoalarni qo'shish kerak. Shunda 8ta guruhda beshtadan jamoa bo'ladi", deydi Platini.

Manba: championat.com