Piolining Allegriga qarshi to'qnashuvlardagi 19 o'yinlik omadsiz seriyasi yakunlandi

Eldor Akmurzayev
9 okt 2022, 08:50
Italiya chempionati 9-turida “Milan” o'z maydonida “Yuventus”ni 2:0 hisobida engdi.

Bu Stefano Pioli hamda Massimiliano Allegri o'rtasidagi 20-to'qnashuv bo'ldi. Pioli murabbiylik faoliyatida ilk bor Allegri jamoasini taslim etishga erishdi. Bungacha o'tkazilgan 19 uchrashuvning 14 tasida u mag'lub bo'lgan va besh bor durang qayd etilgandi.

“Rossonerilar” mazkur muvaffaqiyatdan keyin chempionat jadvalida 20 ochko bilan 3-o'ringa ko'tarildi. “Yuve” esa 13 ochko bilan 8-pog'onada bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru