

"Yomon o'yin namoyish qildik. Jamoa shunday holatda bo'lib turgan paytda, yani, agressivlik yo'qolgan, intensivlik pasaygan, paslarda xatoliklar kuzatilayotgan, e'tibor yo'qolayotgan bo'lsa, demak, murabbiy jamoasini o'yinga yomon tayyorlagan bo'ladi. Bugun biz o'z imkoniyatlarimizdan past o'ynadik.
Leau va Ibragimovich hujumda yanada oldinroq o'ynashi mumkin edi deb aytishingiz mumkin, biroq ular ham bugun o'z darajasidan pastroq edi. Ammo biz YCHL chorak finalini o'ylagan bo'lsak, bu undanda yomon. Chunki hozir A Seriya kuchli to'rtligida qolishni istayapmiz", - dedi "Milan" ustozi.



