Pioli: "Aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirishga harakat qilamiz"

Mirjalol Normatov
9 may 2023, 23:26
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli YCHL doirasida "Inter"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"YCHLda ajoyib yo'lni bosib o'tdik va endi nima qilishni bilamiz. Buni yaxshiroq ko'rinishda amalga oshirishni istaymiz. Maksimal ravishda e'tiborli va xotirjamlik kerak.

Undan tashqari, mavsum davomida birgalikda kurashgan, xursand bo'lgan va qilgan jamoaviy o'yinni ko'rsata olishimiz lozim. Finalga chiqish uchun aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirishga harakat qilamiz.

"Inter" so'nggi vaqtlarda anchagina balansga tushib oldi. Ertangi o'yinga yaxshi tayyorlanish kerak. Bu bizga har bir nuqtada final kabi o'ynashimizga turtki bo'ladi", - dedi Pioli.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal