Pike "Atletiko"ga qarshi o'yinda qayd etilgan durang haqida gapirdi

Sherzod Nurmatov
9 may 2021, 01:53
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike Ispaniya chempionatining 35-turida "Atletiko" (0:0) bilan kuzatilgan durang natijasini sharhladi.

"Biz bundan yaxshiroq natijaga umid qilgandik. Ammo" Barselona" chempionlik poygasida qoldi. O'ylashimcha, biz" Atletiko"ga qaraganda ko'proq imkoniyatlar yaratdik. Bunday jamoaga qarshi o'ynash juda qiyin, chunki ular Ispaniya bo'yicha eng yaxshi himoyaga ega. Biz o'z vaziyatlarimizdan foydalanishimiz lozim edi. Birinchi bo'limda raqib yaxshiroq o'ynadi. Agar qolgan uchta o'yinda g'alaba qozonsak, unda bizda imkoniyat bo'ladi", – dedi Pike.

"Barselona" La LIga 35-turidan so'ng turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va yetakchi "Atletiko"dan ikki ochko ortda qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Universal