PFL: "Bunyodkor" - "Nasaf" o'yiniga 3869 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Aslidachi? (FOTO)

8 iyun 2015, 07:30
PFL rasmiy saytining ma'lum qilishicha, Oliy liganing 12-tur uchrashuvi "Bunyodkor" - "Nasaf" (0:0) o'yiniga 3869 nafar tomoshabin tashrif buyurgan.

"Bunyodkor" - "Nasaf" bellashuvini tomosha qilish uchun stadionga 3869 nafar muxlis kelgani haqida uchrashuvning ikkinchi bo'limida stadion suhandoni ham ma'lumot berib o'tgan edi. Keyinchalik bu haqda PFL rasmiy saytining ruscha bo'limi ma'lumot berdi.

Eng qizig'i, stadionga amalda rasmiy qog'ozda ko'rsatilgandan taxminan 3-4 barobar ko'proq tomoshabin kelgani aniq. Chunki stadionning bir qancha sektorlari ishqibozlar bilan to'lib toshgan edi.

Balki bu ma'lumot chiptalar sotuvi orqali aniqlangan bo'lishi mumkin. Yani kassalarda jami 3869 ta chipta sotilgandir? Agarda shunday bo'ladigan bo'lsa, unda tomoshabinlarni qolgan qismi tekinga stadionga kirgan bo'lib chiqadi. Bu qiyin masala! Qiziq?!

Balki bu texnik xatolikdir, kim biladi deysiz. Shunisi aniqki, turning markaziy o'yiniga qaydnomada ko'rsatilgandan ko'proq, taxminan 10 mingdan oshiqroq tomoshabin tashrif buyurdi.

Avvallari oliy liga o'yinlarimizda stadionga kelgan muxlislarni sun'iy ravishda "ko'paytirish"larini bilardik, lekin sun'iy tarzda "kamaytirish"larini birinchi bor ko'rib turibmiz.

Quyida uchrashuvga kelgan muxlislarni suratlarini tomosha qilishingiz mumkin.


Shahboz Beg'amov


Manba: championat.asia