Peres "Real Sosedad"ga qarshi bahsgacha Benitesni haydamaydi

Aslanov Jasurbek
24 dek 2015, 16:37
"Real" bosh murabbiyi "Real Sosedad"ga qarshi Ispaniya chempionatining 17-tur uchrashuvigacha iste'foga chiqarilmaydi.

"Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres vaziyat og'ir ekanligini va juda keskin qaror chiqarishning vaqti emasligini tushunadi. "Qaymoqranglilar" rahbari jamoani keyingi o'yinga tayyorlash uchun Benitesga 7 kun berdi. Hozir Benitesning taqdiri har bir keyingi o'yinga bog'liq.

Oldinroq OAVda Benites tez kunda haydalib, uning o'rnini Joze Mourinyo egallashi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca