

"Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres vaziyat og'ir ekanligini va juda keskin qaror chiqarishning vaqti emasligini tushunadi. "Qaymoqranglilar" rahbari jamoani keyingi o'yinga tayyorlash uchun Benitesga 7 kun berdi. Hozir Benitesning taqdiri har bir keyingi o'yinga bog'liq.
Oldinroq OAVda Benites tez kunda haydalib, uning o'rnini Joze Mourinyo egallashi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.



