Pep Gvardiola: "Manchester Siti" ochkolar haqida o'ylamasdan, g'alabaga erishaverishi kerak"

Mirjalol Normatov
1 dek 2019, 16:44
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL doirasida "Nyukasl" bilan o'ynalgan durang haqida gapirdi.

"APL yoki ochkolar haqida o'ylamasdan, shunchaki, g'alaba qozonaverish kerak. Agarda g'alabaga erishmasak, axvolimiz yanada yomonlashib ketaveradi.

"Nyukasl"ga qarshi bahsda biz g'alabani istayotganimizni va bunga qattiq harakat qilganimizni ko'rsata oldik. So'nggi yillarda raqibga katta hurmat va e'tibor bilan qarash kerak bo'lmoqda. Raqibni mensimaslik esa yomon oqibatlarga olib keladi", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal