Pep Gvardiola: "APL yetakchisini mag'lubiyatga uchratdik va keyingi bosqichga chiqdik"

Aziz Tukhtamuradov
28 yanv 2023, 08:29
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Arsenal" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirdi.

"Ikkinchi bo'limda biz yaxshiroq harakat qildik. "Arsenal" oldinga qadam tashladi. O'yin bosim ostida o'tdi. Ularda qay darajada yaxshi jamoa borligini bilasiz. 

Men uchun kutilmagan vaziyatlar bo'ldi. Biz hujum qilishga qiynaldik. Ammo baribir APL yetakchisini mag'lubiyatga uchratdik va keyingi bosqichga chiqdik. 

Natan Ake ajoyib mavsumni o'tkazmoqda. U APLdagi eng qiyin raqiblardan birini nazorat qildi. Chunki Saka ayni paytda aqlbovar qilmas darajada kuchli", - dedi Gvardiola. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC