Pellegrini: "Sterling va De Bryuyne o'z o'yini bilan "Siti" futbolchisi bo'lishga munosibligini isbotladi"

Aslanov Jasurbek
23 sen 2015, 16:41
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini "Sanderlend" ustidan qozonilgan g'alaba (4:1) haqida fikr bildirdi.

"Biz juda yaxshi o'ynadik, ayniqsa birinchi bo'limda. Ikkinchi bo'limda tezlikni pasaytirdik, ammo jamoadan xursandman, chunki biz ikki mag'lubiyatdan so'ng g'alaba qozondik. Kubok ligasida kurashni davom ettirishni istaymiz. Bugun biz to'rtta chiroyli gol urdik.

Ikki yil oldin Kubokda g'alaba qozonganmiz, shu sababli kurashni davom ettiramiz. Hozir bazi futbolchilarimiz jarohatlangan, shu sababli kichik muammolar bor. Patrik Roberts, Jorj Evans va Manu Garsiya - kelajakda jamoamizning bir qismiga aylanadi. Ular tufayli bugun kerakli o'zgarishlarni amalga oshirdik.

De Bryuyne juda yaxshi futbolchi, Sterling ham bugun o'zini ko'rsatdi. Bu ikki futbolchi "Siti" o'yinichi bo'lishga munosibligini isbotladi" - deydi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com