Pedri kasallik sabab "Valensiya" bilan o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
26 yanv 2025, 16:36
"Barselona" yarim himoyachisi Pedrida diareya va qayt qilish bilan bog'liq yoqimsizlik paydo bo'ldi.

Uning bugungi o'yinda harakat qilmaslik ehtimoli bor.

Kataloniyaliklar bugun Ispaniya chempionati 21-turida "Valensiya"ni qabul qilishadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00da start oladi.

Pedri joriy mavsum La Liga doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com