"Paxtakor"ning Eron klublari bilan o'yinlari statistikasi

Narzulla Saydullayev
15 fev 2020, 11:20
"Sherlar" Osiyo klublari musobaqalarida Eron jamoalari bilan 17 marta to'qnash kelishgan.

"Shahr Xodro" bilan jamoa ilk bor to'qnash keladi. Bunga qadar Eronning jami 8 klubiga qarshi klublar musobaqalarida to'qnash kelingan. Demak, Mashhad shahri jamoasiga qarshi o'yin bilan "Paxtakor" va Eron klublari o'rtasidagi yangi qarama-qarshilik boshlanadi.

Eronliklarga qarshi bellashuvlarda "Sherlar" ijobiy natijalar qayd etib keladi. Jami 17 bellashuvning 11tasida "Paxtakor" zafar quchgan. Ikki o'yinda durang qayd etilib, raqiblar 4 bor g'alaba qozongan. Raqib darvozasiga 24 to'p kiritilib, 16 gol o'tkazib yuborilgan. Toshkentda 9 uchrashuvning barchasida "Sherlar" ustun kelishgan. Raqiblar darvozalariga 15 gol urilib, 4 to'p o'tkazib yuborilgan.



Eron jamoalariga qarshi o'yinlardagi natijalar:

Zobaxan - 2:0, 0:1
Naft - 2:1, 1:1
Saba - 2:1, 2:0
Sepaxan - 2:1, 0:2
Traktorsozi - 1:0, 0:2
Fulad - 2:0, 3:1
Istiqlol - 2:1, 2:4
Persepolis - 1:0, 1:1, 1:0

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia