

Shota Arveladze boshchiligidagi "sherlar" bu mavsumda Superligada ilk bor mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. "Paxtakor" chempionat doirasida so'nggi bor 2018 yilning 26 noyabr sanasida "Lokomotiv"ga yutqazgandi. Shundan keyin Superligada ketma-ket 25ta uchrashuvda (o'tgan mavsum bitta, bu mavsum 24ta) "Paxtakor" hech kimga mag'lub bo'lgani yo'q.




