"Paxtakor"da futbol zilzila kuni ham to'xtamagan

Sherzod Nurmatov
26 apr 2020, 00:24
Bu haqida "sherlar"ning matbuot xizmati xabar qilmoqda.

1966 yil 26 aprel kuni sahar paytida Toshkentda kuchli er qimirlashi ro'y bergan.  Uning kuchi 7,5 ballga teng bo'lgan, lekin bu futbol uchrashuvini to'xtata olmagan. SSSR chempionati oliy ligasi taqvimiga ko'ra, "Paxtakor" Minskning "Dinamo" jamoasini qabul qilgan. 

Zilzilaga qaramay, o'yin bekor qilinmagan. Bellashuv davomida yana er silkinishi kuzatilgan.

Sevimli jamoasini qo'llab turish uchun stadionga 50 ming ishqiboz tashrif buyurgan. Jamoa esa muxlislarni 1:0 hisobidagi g'alaba bilan xursand etgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати