"Paxtakor" vakillari “Humo” o'yinida faxriy mehmonlar bo'lishdi

Narzulla Saydullayev
16 noya 2019, 15:51
"Paxtakor" a'zolari Oliy xokkey ligasi ishtirokchisi "Humo" jamoasi o'yinida mehmon bo'lishdi.

15 noyabr kuni Toshkentda Xitoyning ORG jamoasi bilan uchrashuvda "Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze va futbolchilar Marat Bikmaev hamda Dragan Cheran xokkey bellashuvini ramziy manoda boshlab berishdi. O'yinni kuzatish uchun jamoa a'zolari va murabbiylar shtabi to'liq tarkibda tashrif buyurishdi va "Humo" jamoasini qo'llab-quvvatlab turishdi. Jamoaning o'yinni kuzatishi mezbonlar uchun omadli keldi va ular 5:2 hisobida g'alaba qozonishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia