

"Sherlar" Javohir Sidiqovning ijara shartnomasini yana bir yilga uzaytirishdi. "Qo'qon-1912"ga tegishli bo'lgan yarim himoyachi o'tgan mavsumda ham "Paxtakor"da ijarada o'ynagan edi. Endi Sidiqov 2020 yil dekabr oyiga qadar Toshkent klubida to'p tepadi. Bu haqda PFL bosh direktori o'rinbosari Diyor Imomxo'jaev o'z telagram kanalida ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, "Qo'qon-1912" yaqinda o'z yetakchilaridan biri Murod Xolmuhammedovni mavsum oxirigacha "Bunyodkor"ga ijaraga bergan edi.




