"Paxtakor" futbolchilari El Klassikoda qanday hisob qayd etilishini taxmin qildi, Sergeevdan antiqa javob

Оқил Абдубарноев
11 may 2025, 15:00
Bugun Ispaniya La Ligasining 35-turidan o'rin olgan "Barselona" – "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ibrohim Ibragimov: "Barselona" 3:1 hisobida g'alaba qozonadi deb o'ylayman"

Muhammadali O'rinboev: "Barselona" 3:0 hisobida g'alaba qozonadi"

Vladimir Nazarov: "Real Madrid" 2:1 hisobida g'alaba qozonsa kerak"

Igor Sergeev: "Men bolaligimdan "Real Madrid"ga muxlisman. Futbolchi sifatida tushunaman, hozir "Real" formada emas, "Barselona" esa aksincha, cho'qqida. Ular juda yaxshi o'yin namoyish etishmoqda, ayniqsa, Yamal kabi o'yinchilar shunchaki top darajada.

Taxmin bildiradigan bo'lsam, durang qayd etilsa kerak, g'alaba esa hamisha "Paxtakor"ga nasib etsin (kuladi)".

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia