Pavar yangi jamoasida markaziy himoyachi poziciyasida o'ynamoqchi

Alisher
16 noya 2022, 12:14
"Bavariya" himoyachisi Benjamin Pavar jamoadan ketsa, yangi klubida qanotda emas, himoya markazida o'ynashni xohlashini tan oldi.

"Germaniyada etti yildan beri o'ynayman. Shtutgartda ko'plab do'stlarim bor va "Bavariya" bilan barchasini yutdim. Men g'alaba uchun o'ynayman va markaziy himoyachi sifatida yangi loyihalarni ko'rib chiqishga tayyorman", - deydi Pavar.

Oldinroq, Pavarning xizmatlariga "Milan" va "Real" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar yangragan edi.

Pavarning "Bavariya" bilan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan. U ushbu mavsum 20ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia