Paulino "Tottenxem"ni tark etib Braziliyaga qaytishi mumkin

Narzulla Saydullayev
4 dek 2014, 19:28
"Tottenxem" yarim himoyachisi Paulino vataniga qaytishi mumkin.
Yanvarda transfer oynasi vaqtida braziliyalik futbolchi Londonni tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda Daily Maail nashri.

Paulino yana "Korintians" safiga qaytishi mumkin. 2013 yil futbolchi "Tottenxem"ga 20 million evro evaziga aynan shu klubdan ko'chib o'tgandi. Paulinoga "San-Paulu" klubi ham da'vogarlik qilmoqda.

Bu mavsumda Paulino Angliya premer-ligasi doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushdi. Bundan tashqari yarim himoyachi Yevropa Ligasida olti bor va Angliya liga kubogida ikki bor ishtirok etdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: euro-football.ru