“O'zimizning Axbor aka” nomli kitobning taqdimot marosimi bo'lib o'tdi FOTO

Nadirkhuja Yuldashev
26 mar 2016, 21:24
Bugun o'zbek sporti jurnalistikasining otaxoni Axbor Imomxo'jaev hayotiga bag'ishlangan kitobning taqdimoti bo'lib o'tdi.

Hamroxon Musurmonova tomonidan yozilgan “O'zimizning Axbor aka” nomli yangi kitobi taniqli sport sharhlovchisining 80 yoshli yubileyiga atab yozildi. Ushbu kitobda Axbor dodaning hayot yo'li va  faoliyati hikoya qilinadi. 

O'zbekiston milliy paralimpiya qo'mitasida ushbu kitobning taqdimot marosimi bo'lib o'tdi. Taqdimot marosimida kitob muallifi Hamroxon Musurmonova,Axbor Imomxo'jaev va ularning yaqinlari, do'stlari hamda shogirdlari ishtirok etishdi. 

Yig'ilganlar shu erning o'zida kitobni xarid qilish va shaxsan Axbor Imomxo'jaevning dastxatini qo'ydirib olish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Axbor dodamiz erinmay har bir kitob egasiga tilak bilan o'z dastxatlarini qo'yib berdilar.







Saytimiz o'quvchisi Odil aka Sharipov dastxat qo'ydirayaptilar



Kitob muallifi Hamroxon Musurmonova





"O'zimizning Axbor aka"



Yosh jurnalistlar qurshovida



Vladimir Safarov, Nodirxo'ja Yuldashev va Axbor Imomxo'jaev



Radiosharhlovchi Abdulla Nurmonov



Saytimiz vakillari Zoir Tursunboev va Narzulla Saydullaev



Esdalik uchun surat

O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia