

"Bahs boshlanishidan oldin amalga oshirilgan o'zgarishlar, o'yinga bog'liq emas va uchrashuvdagi futbolchi almashtirish soniga ta’sir qilmaydi. Eng muhimi hakamlarga bu haqida xabar berish shart. Agar hakam o'zgarish haqida bilsa, futbolchi bemalol maydonga tushib o'yinni davom ettira oladi", - dedi Abdullaev.
Eslatib o'tamiz, avvaliga marokashliklar asosiy tarkibidan darvozabon Yassin Bunu joy olgan edi, lekin madhiyadan keyin maydonda Munir Muhammad paydo bo'ldi. Saytimiz ma'lumotiga ko'ra, Bunu maydonni qornida og'riq sezgani bois tark etishga majbur bo'lgan.
Marokash terma jamoasi darvozaboni sirli ravishda g'oyib bo'ldi. Buning sababi ma'lum

