

Ushbu bahsning 64-daqiqasida eronliklar asosiy futbolchisi Muhammad Mohebi (Eronning ikkinchi goli muallifi) sariq kartochka ishlab oldi va shu orqali u ham O'zbekistonga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi. Bunga qadar Mohebi Qatarga (4:1) qarshi o'yinda sariq kartochka olgandi.
Oldinroq Eronga qarshi o'yinda O'zbekiston termasining muhim futbolchisi ishtirok etmasligini yozib o'tgandik.



