O'zbekistonda milliy futbol termasining o'yinlariga elektron chiptalar joriy etiladi

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2014, 18:28
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining uydagi o'yinlari uchun elektron chiptalar joriy etilishi mumkin edi.
Bu haqda, Xalq so'zi gazetasiga asoslanib, Gazeta.uz xabar bermoqda.

O'zbekiston Futbol Federatsiyasi birinchi vice-prezidenti Sardor Rahmatullaevning ma'lum qilishicha, ushbu chora narxlarni sun'iy ravishda oshirib yuborib, bozorda qaytadan sotayotgan olibsotar-chayqovchilar ustidan shikoyat qilgan fuqarolarning murojaatlariga javoban joriy etiladi.

Sardor Rahmatullaevning qo'shimcha qilishicha, elektron chiptalar paydo bo'lishi bilan olibsotarlar uchun hech qanday ish qolmaydi.

Ma'lumot o'rnida, 2013 yil davomida O'zbekiston milliy terma jamoasining Bunyodkor stadionida o'tkazilgan JCH-2014 saralashi doirasidagi rasmiy o'yinlari arafasida chiptalar bilan bog'liq shov-shuvli muammolar ro'y bergan edi. Bunga, ko'p jihatdan, chiptalarning olibsotarlar qo'liga chiqib ketgani sabab bo'lgan edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kun.uz