O'zbekistonda futbol uchrashuvida ilk bor darvoza ortidagi hakamlar ishladi

Narzulla Saydullayev
13 apr 2017, 18:14
O'zbekiston chempionati birinchi ligasi 3-turida "NBU-Osiyo" o'z maydonida "Zomin"ga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Mazkur bellashuvda ilk bora darvoza ortidagi hakamlar sinovdan o'tkazildi. Uchrashuv bosh hakami vazifasi FIFA referisi Ravshan Ermatovga topshirildi.

Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berdi. Darvoza ortida Sherzod Qosimov va Ilgiz Tantashev ishladi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com