O'zbekiston yoshlar (U-22) terma jamoasi Ummon klublaridan biri bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2014, 16:01
Dubayda yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston yoshlar (U-22) terma jamoasi bugun Ummon klublaridan biriga qarshi nazorat o'yinini o'tkazadi.
Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.

Reja bo'yicha, U-22 bugun Qozog'istonning Astana jamoasiga qarshi o'ynashi kerak edi, biroq qozoqlar so'nggi lahzada rad javobini berishdi.

Shuning uchun, U-22 termasi 8 yanvar kuni BAA FA maydonida Ummon jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushadi.

Shuxrat Maqsudov shogirdlari 6 yanvar kuni BAA birinchi ligasi ishtirokchisi "Hatta" klubi bilan o'ynab 1:0 hisobida zafar quchgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia