O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoydagi xalqaro turnirda ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
20 avg 2015, 11:36
Jasur Abduraimov boshchilik qilayotgan O'zbekston yoshlar terma jamoasi Xitoyda o'tkaziladigan xalqaro turnirda ishtirok etadigan bo'ldi.

7 - 11 sentyabr kunlari bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi ushbu xalqaro musobaqada O'zbekistondan tashqari Yaponiya, Suriya hamda Xitoy yoshlar terma jamoalari ishtirok etadi.

O'yinlar 7, 9 va 11 sentyabr kunlari o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi yaqindagina Yaponiyaning Xirosima shahri mezbonlik qilgan "Balcom BMW" xalqaro turniri g'olibi bo'lgandi.

Takidlash joiz, Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 28 sentyabr – 6 oktyabr kunlari Bangladeshda bo'lib o'tadigan Osiyo Chempionati saralash bahslarida ishtirok etadilar.

Xitoydagi xalqaro turnir o'yinlari taqvimi:

7 sentyabr

Yaponiya – Suriya

Xitoy – O'zbekiston

9 sentyabr

O'zbekiston – Suriya

Xitoy – Yaponiya

11 sentyabr

Yaponiya – O'zbekiston

Suriya – O'zbekiston

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com